» » Fotogalereya: Tabiatdagi aqlga sig‘mas g‘aroyib joylar

Fotogalereya: Tabiatdagi aqlga sig‘mas g‘aroyib joylar


“Fotoshedevri” nashri dunyoning turli mintaqalaridagi tabiat yaratgan g‘aroyib, aqlga sig‘mas makonlarning suratlarini taqdim etdi.

Mangu olov sharsharasi, AQSh

Ushbu g‘ayrioddiy sharshara Nyu-Yorkda joylashgan. Suvlar oqimi orasida yashiringan g‘or ichidagi olov deyarli o‘chmaydi. Bu ma’lum sharoitda olovlanadigan tabiiy gazning bug‘lanishi bilan bog‘liq.

Amerika hindularida so‘ngan olovdan qayta yoqqan odam baxtiyor bo‘ladi degan afsona mavjud.

Frangokastello qal’asi, Gretsiya

Krit oroli hatto hujjatlarda qayd etilgan o‘zining qo‘rqinchli sarobi bilan mashhur. Har yili may oyining oxirida qurollangan jangchilar va otliqlar soyasini Agios Xaralambos monastiridan Frangokastello qo‘rg‘oniga o‘tiladi. Ushbu hodisani erta tongda, dengiz tinch, havodagi namlik yuqori bo‘lganida kuzatish mumkin. Sarob o‘n daqiqaga yaqin davom etadi.

Chexiyadagi chalkash yer osti yo‘llari

Afsonaga ko‘ra, ushbu chex yer osti yo‘llari qa’ridan organning ajoyib musiqasi eshitilib turadi. 1996-yilda olimlar ushbu joyni qidirib topdi. Bu to‘qqiz metr chuqurlikka ega yer osti yo‘li bo‘lib, organ o‘lchamidagi musiqiy asbob sig‘adigan birorta ham xona joylashmagan.

Toshli o‘rmon, Xitoy

Bu yerdagi toshli o‘rmon kamida 200 million yil oldin paydo bo‘lgan. Toshlar qurigan dengiz o‘rnida, ohaktosh konlaridan hosil bo‘lgan. Yer po‘stlog‘ining tektonik o‘zgarishi bu kabi g‘aroyib tosh tuzilmalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Besh rangdagi daryo, Kolumbiya

Kano-Kristalles daryosi yilning asosiy qismida oddiy daryolar kabi ko‘rinishda bo‘ladi, biroq yoz faslida turfa rangli gilam ko‘rinishida bo‘ladi. Bunga sabab daryoda o‘sadigan turli noyob o‘simiklardir.

Qonli sharsharalar, Antarktida

Ushbu qon kabi qizil sharshara hatto -10 darajada ham muzlamaydi. Bu muzlikning suvi eng sovuq suvlardan biri hisoblanadi. Garvard universitetining bir guruh olimlari “qonli” daryoning bunday rangda bo‘lishiga sabab uning tarkibidagi mikroblar ekanligini isbotladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют