» » Yerdagi aqlga to‘g‘ri kelmaydigan hodisalar kuzatiladigan 8 ta nuqta (fotogalereya)

Yerdagi aqlga to‘g‘ri kelmaydigan hodisalar kuzatiladigan 8 ta nuqta (fotogalereya)


Dunyo bizni hayratlantirishdan charchamaydi. Yerning har bitta burchagida eng ashaddiy skeptiklar (har narsaga shubha bilan qarovchi kishilar)ni ham mo‘jizaga ishonishga undaydigan aqlga to‘g‘ri kelmaydigan narsalar bor. AdMe mistika yaqqol seziluvchi bunday joylarning sakkiztasini to‘pladi.

Avtomobilni tepalik etagiga to‘xtatib, neytral uzatishga qo‘ysangiz, mashina tepalikka qaytib chiqib keta boshlaydi. Uni tepaga qandaydir ko‘rinmas kuch tortayotgandek bo‘ladi. Bu hodisaning aniq izohi yo‘q. Ba’zilar bu gravitatsiya balandligi yaratgan illyuziya deb hisoblaydi.

“П” shaklidagi qadimiy ulkan yassi tosh plitalar sayyoraning turli burchaklarida aniqlangan. Arxeologlar fikricha, ular qadimiy kohinlarning qabr toshlari bo‘lgan. Tosh maqbaralarda soat yurishi o‘zgaradi, uskunalar millari g‘alati harakatlanadi.

Hodisaga kichik tog‘ yoriqlari sababchi bo‘ladi, ular orqali tabiiy gaz sizib chiqadi. Ba’zan “mangu olov” o‘chib qoladi, ammo sayyohlar uni yana yoqib qo‘yadi.

Krit orolida Yerdagi yagona hujjatlashtirilgan sarob kuzatiladi. Har yili may oyi oxirida piyoda yoki ot minib, qurol ko‘targan odamlar soyalari Avliyo Xarlampiya cherkovidan Frangokastello qo‘rg‘oniga qarab harakatlanadi. Hodisa erta tongda dengiz tinch va atmosfera namligi yuqori bo‘lgan vaqtda kuzatiladi. U odatda 10 daqiqa davom etadi.

1996-yilda olimlar afsonalarda aytiladigan organ tovushlarini qayd etdi. Yer osti yo‘li 10 metr chuqurlikda joylashgan, uning yaqinida ushbu musiqiy asbob chalinishi mumkin bo‘lgan hech qanday bino yo‘q. Shuningdek, tovushni eshitgan guvohlarni psixologlar tekshirib ko‘rdi va ommaviy gallyutsinatsiya belgilarini aniqlamadi.

Toshli o‘rmon 200 million yil oldin shakllangan. Ilgari bu yerda dengiz bo‘lgan, unda ohaktoshning qalin qatlamlari cho‘kib qolgan. Ammo tektonik harakatlar natijasida toshlar yuzaga chiqqan. Toshli o‘rmonning yer osti qismida Kvifeng g‘ori joylashgan, har yili avgustdan noyabrgacha yer osti daryosi har 30 daqiqada girdob hosil qiladi, u bir necha daqiqa davom etib, so‘ng yo‘qoladi.

Yil bo‘yi oddiy ko‘rinishda bo‘lgan daryo yozda rang-barang gilamga aylanadi. Qizil, pushti, ko‘k, yashil va sariq rangni noyob turdagi suv o‘tlari hosil qiladi.

Hatto -10 daraja sovuqda ham muzlamaydigan qip-qizil sharshara. Garvard universiteti olimlari ko‘lga joylashib olgan mikroorganizmlar bunday tabiat hodisasi yuzaga kelishi sababchisi ekanligini isbotlab berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют