» » Kaliforniya janubidan eng qadimiy amerikaliklar izi topildi

Kaliforniya janubidan eng qadimiy amerikaliklar izi topildi


AQSh hamda Avstraliya olimlari tosh qotgan suyaklariga odam tomonidan ishlov berilgan mastodont (xartumlilar oilasiga kiruvchi qirilib ketgan sut emizuvchi hayvon) qoldiqlarini topdi. Topilmaning yoshi yuz ming yildan ortiq. Bu qadimgi odamlar Shimoliy Amerikaga ancha oldin kelganliklarini ko‘rsatadi. Tadqiqot maqolasi Nature jurnalida chop etildi.

Tosh qotgan suyaklar so‘nggi pleystotsenga aloqasi bor sut emizuvchining turidan topilgan. Qazilma ishlari Kaliforniya shtatining janubiy qismidagi San-Diyego okrugida amalga oshirilgan. Olimlar singan suyaklarda qattiq jism orqali yetkazilgan yoriqlarni aniqladi. Shuningdek, tabiiy jarayonda bilan paydo bo‘lmaydigan yeyilish belgilari bor tosh sandonlar topilgan.

Suyaklarning yoshi uran—toriyli usul yordamida aniqlangan. Bu usul qo‘rg‘onshinga aylanadigan radioaktiv elementlarining parchalanishi orqali amalga oshiriladi. Qoldiqlarning yoshi 130 ming yil deb topildi.

Tadqiqot natijasida odamlar katta toshlarni bolg‘a va suyak iligini ajratib olish vositasi sifatida ishlatishni bilgan degan xulosaga kelindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют