» » La liga. Bugun tunda “Real” yoki “Barselona”dan biri mamlakat chempionligini qo‘lga kiritadi

La liga. Bugun tunda “Real” yoki “Barselona”dan biri mamlakat chempionligini qo‘lga kiritadi


Bugun — 21-may kuni Ispaniya chempioni nomiga oydinlik kiritiladi.

Toshkent vaqti bilan 23:00 da “Real” Malagada saf tortsa, “Barselona” o‘z maydonida “Eybar”ni qabul qiladi. Ayni paytda “Qirollik klubi”ni uzoq kutilgan chempionlikdan faqatgina 1 ochko ajratib turibdi. Durang natija ham Zidan shogirdlariga mamlakat tojini kiydiradi.

“Malaga” La liga so‘nggi turida “Real”ga ochko ulashsa, 1 million yevro ishlab oladi

Ispaniya La ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qiluvchi UzReport telekanali 23:00 dan boshlab har ikki uchrashuvni parallel taqdim etadi.

Bugun, shuningdek, “Vilyarreal”, “Atletik” va “Real Sosyedad” klublari Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda bo‘ladi. Mazkur trioning o‘yinlari ham bir vaqtda start oladi. Qiziq tomoni, har uch klub ham safar o‘yinlarida ishtirok etadi.

Ispaniya La ligasi
38-tur bellashuvlari
19-may, juma

Gollar: Leo Baptistao, 3 (0:1). Ruben Vezu, 8-avt (0:2). Andreas Pereyra, 22 (1:2).

20-may, shanba

Gollar: Duglas, 7 (1:0). Ruben Kastro, 22 (1:1). Ruben Kastro, 59 (1:2). Karlos Karmona, 79 (2:2).

Gollar: Florin Andone, 4 (1:0). Florin Andone, 28 (2:0). Karles Xil, 39 (3:0).
Chetlatish: Ernan, 79 (L).

Gollar: Nenad Krstichich, 64 (0:1). David Timor, 89 (1:1).

Gollar: Vitolo, 10 (1:0). Franko Vaskes, 20 (2:0). Stevan Yovetich, 35 (3:0). Franko Vaskes, 60 (4:0). Vitolo, 80 (5:0).

21-may, yakshanba
“Atletiko” — “Atletik” — 19:45
“Valensiya” — “Vilyarreal” — 19:45
“Selta” — “Real Sosyedad” — 19:45
“Malaga” — “Real Madrid” — 23:00
“Barselona” — “Eybar” — 23:00

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют