» » Chilonzorda qo‘shmachiligi uchun sudlangan ayol yana “eski hunari”ni qo‘msadi 

Chilonzorda qo‘shmachiligi uchun sudlangan ayol yana “eski hunari”ni qo‘msadi 


Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida qo‘shmachilik jinoyati bilan ilgari sudlangan ayol yana qo‘shmachilik qilayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017-yilning 10-iyul kuni, taxminan, soat 01:30da, tezkor tadbirlar davomida D.Yusupova (ism-sharif shartli) Chilonzor tuman hududida joylashgan xonadonda qo‘shmachilik qilib, 40 ming so‘m evaziga fuqarolar “G” va “Z”ga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют