» » Tel-Aviv ostonasidagi arablar tartibsizliklar keltirib chiqardi

Tel-Aviv ostonasidagi arablar tartibsizliklar keltirib chiqardi


Tel-Avivning janubiy qismida joylashgan Yaffo nohiyasining arab aholisi ko‘chalarda norozilik namoyishlari o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ynet nashri xabariga ko‘ra, namoyish ishtirokchilari Isroil politsiyasi jinoyatda gumon qilingan arabni ta’qib etib chog‘ida otib o‘ldirganiga norozilik bildirgan.

“O‘nlab namoyishchilar avtomobil shinalarini yoqib, chiqindi konteynerlariga o‘t qo‘ydi, politsiya bilan mushtlashib, patrul mashinalarining oynalarini sindirdi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, namoyishchilar Yaffoning markaziy ko‘chalaridan birida yurish uyushtirib, huquqni himoya qilish organlari xodimlarini toshbo‘ron qilgan.

Isroil politsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, “bir guruh yoshlar, politsiyachilarga tosh uloqtirgani holda, ular bilan to‘qnashuvga kirishgan”.

Matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, uch kishi tartibsizliklarda ishtirok etish gumoni ostida qo‘lga olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-07-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют