» » Bolakay legodan qurt haykalini yasadi. Ba’zilar uni daho deb atamoqda

Bolakay legodan qurt haykalini yasadi. Ba’zilar uni daho deb atamoqda


Yozuvchi, “101 ta juda fincha muammo: chet ellik Finlyandiyada qanday jon saqlashi mumkin?” kitobi muallifi Joel Uilyams yaqinda bolalar lego konstruktoridan yasagan haykallar ko‘rgazmasiga borib keldi, deb yozadi Afisha Daily. Uning e’tiborini rang-barang plastik bloklardan yasalgan uylar, kemalar, kosmik stansiyalar va hatto quyonchalar ham emas, balki 12 yoshli o‘quvchi Raylining bor-yo‘g‘i birgina sariq detaldan qilingan “Qurt” asari tortdi.

Riley, you're a genius. pic.twitter.com/Lp3VAf7C2Q

— Joel Willans (@Joelwillans) July 30, 2017

“Rayli, sen dahosan”

Joel Uilyams fotosuratni o‘z Twitter’ida e’lon qildi, uning obunachilari ham yigitchaning yaqqol iste’dodi borligi haqida mushtarak fikr bildirmoqda. Kimdir lego reklamasini esga oldi, unda 2—3 ta detaldan iborat ixcham kombinatsiyalarning soyasida tank, samolyot yoki dinozavrni tanib olish mumkin. Raylining fantaziyasi bundan ham o‘zib ketdi — uning asarida atigi bitta blok bor.

Kind of reminds me of Lego's own ads: pic.twitter.com/sxFVNYFKj9

— Tom Lemmens (@TomLemmens) July 30, 2017

O‘quvchining asaridagi plastika, ifodali rang, ekspressiya, mavhumlik va figurativlik o‘rtasidagi yuvilib ketgan chegarani modernizm rassomlari merosi bilan taqqoslashmoqda.

He clearly stole the idea: Rothko's "Lego Worm" '59. pic.twitter.com/uguXx2Ju4r

— T (@mgtilford) July 30, 2017

“U g‘oyani o‘g‘irlab olgani aniq: Rotkoning “Lego qurt” asari, 1959-yil”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют