» » Twitter foydalanuvchilari metroda uxlab yotganida pitssasi tushib ketgan ayol uchun pul yig‘moqda

Twitter foydalanuvchilari metroda uxlab yotganida pitssasi tushib ketgan ayol uchun pul yig‘moqda


BBC muxbiri ertalab soat 8:00 atrofida London metrosida ketayotib qarama-qarshi tarafdagi o‘rindiqda uxlab ketayotgan yo‘lovchining qo‘lidagi qutidan vagon poliga sirpanib tushgan pitssani suratga oldi. Surat virus kabi tez tarqalib ketgach Twitter foydalanuvchilari ayolga yangi pitssa olib berishga kirishib ketdi, deb xabar berdi “Afisha Daily”.

Jurnalist Jeyms Longman uxlayotgan ayolni suratga olib, uni Twitter’ga joylashtirdi va “Katta tun (tonggi 8)” deya izoh qoldirdi. Surat ko‘plab foydalanuvchilarning diqqatini tortdi, ba’zilar ayolning holatini Rafael Santining “Qayta yaralish” kartinasiga qo‘shib qo‘ydi, ba’zilar esa uning uxlab qolguniga qadar bo‘lgan ahvolini tasavvur qilib ko‘rdi.

Jeyms Longman ayolni topish va yangi pitssa olib berish maqsadida #jesuispizza kraudfandingini (ko‘ngillilar tomonidan biror-bir maqsadda pul yig‘ilish) boshlab yubordi.

Noma’lum yo‘lovchi topildimi yo‘qmi hozirchi aniq emas.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют