» » American Airlines bort kuzatuvchisi yo‘lovchi ayolni bolalar kolyaskasi bilan urdi

American Airlines bort kuzatuvchisi yo‘lovchi ayolni bolalar kolyaskasi bilan urdi


AQShning American Airlines aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi qo‘lida bolasi bilan ketayotgan yo‘lovchi ayolni bolalar aravachasi bilan urdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ushbu voqeadan so‘ng yig‘layotgan ayol aks etgan videolavhalar guvohlardan biri tomonidan internetda e’lon qilindi.

Videorolikda ixtilofning boshlanish qismi aks etmagan, ammo muallif “Xudoyim! Styuard bolali ayolning sayr aravachasini jahl bilan tortib olib, uni urdi, bolaga tegib ketishiga bir bahya qoldi” dedi.

Ma’lum bo‘lishicha, bort kuzatuvchisi ayolni himoya qilishga uringan yo‘lovchilardan biri bilan mushtlashishiga oz qolgan.

Voqea yo‘lovchilar San-Fransisko–Dallas reysiga chiqayotganida sodir bo‘lgan.

Videokadrda ko‘rinishicha, ayol yig‘lab o‘tiribdi, joyidan turib ketgan boshqa bir yo‘lovchi esa styuardni jazolashidan ogohlantiradi. Bort kuzatuvchisi esa keskin ravishda undan aralashmaslikni talab qiladi.

Videokadrlar samolyot Dallas aeroportiga o‘tirmasidan turib internetda tarqaldi.

Shundan so‘ng aviakompaniya vakillari jabrlanganlardan uzr so‘radi.

Опубликовано: admin (22-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют