» » “Taxtlar o‘yini” serialida Qaynoq Bo‘g‘irsoq rolini o‘ynagan aktyor novvoyxona ochdi

“Taxtlar o‘yini” serialida Qaynoq Bo‘g‘irsoq rolini o‘ynagan aktyor novvoyxona ochdi


“Taxtlar o‘yini” serialidagi Qaynoq Bo‘g‘irsoq (Hot Pie) roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Ben Xouki Deliveroo servisi bilan hamkorlida Londonda novvoyxona ochdi, deb xabar berdi TJournal.

Novvoyxonaning nomi You Know Nothing, Jon Dough (Jon Dou, sen hech nimani bilmaysan). Dough ingliz tilida “xamir” degani.

Yangi novvoyxonaning menyusida hozircha apelsin po‘stlog‘ili makkajo‘xori noni (“non bo‘ri”) mavjud. Starklar xonadonining ramzi pazandachilik mahsulotlari uchun shunchaki tanlanmagan. Serialning uchinchi mavsumida Qaynoq Bo‘g‘irsoq novvoyxonaga ishga kiradi va Aria bilan xayrlashayotganida unga bo‘ri ko‘rinishidagi non sovg‘a qiladi.

Serialning to‘rtinchi mavsumida esa Qaynoq Bo‘g‘irsoq Briannaga yanayam chiroyli qilib pishirilgan “non bo‘ri”ni berib uni Ariaga topshirishini so‘raydi.

Entertainment Weekly nashri bilan suhbatlashgan Xoukining tan olishicha, uni ko‘cha-ko‘yda kamdan-kam hollarda tanib qolishadi. Biroq mahsulotlarining bu qadar tez sotilishi Xoukini mashhurligi haqida o‘ylab ko‘rishga undamoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют