» » “Men endi o‘qishga kirolmaymanmi?”. Yuridik universitet test imtihonlariga kirish jarayoni (video)

“Men endi o‘qishga kirolmaymanmi?”. Yuridik universitet test imtihonlariga kirish jarayoni (video)


1-avgust kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga kirish bo‘yicha test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayni vaqtda, bir qator oliygohlar imtihonlarni yangi tartibda, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etdi.

Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan test imtihonlarini avvalgi yillardagidek Yunusobod tumanida joylashgan maktablarda emas, balki “O‘zbekekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilishi joriy imtihon mavsumining eng katta yangiliklaridan biri bo‘ldi.

Mavzuga doir: Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi test imtihonlari — “Daryo” fotoreportajida

Shuningdek, universitet ma’muriyati imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha eski nizomlarda ham belgilab qo‘yilgan, biroq aksariyat hollarda amal qilinmagan qoidalar — imtihonga telefon, shpargalka va boshqa yordamchi vositalar bilan kirishga urinish holatlariga qarshi keskin kurashishini oldindan e’lon qilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda universitet imtihonlariga kirish jarayonidan olingan bir qator videolar e’lon qilindi. Ularning birida shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyent qiz: “”Men endi o‘qishga kirolmaymanmi?”, — deb savol bilan yuzlanayotganini ko‘rish mumkin.

Ikkinchi videoda esa imtihonga kirayotgan abituriyentlar qattiq tekshiruvdan o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Megafon orqali abituriyentlarni qoidalarni buzmaslikka chaqirayotgan universitet xodimi telefon, shpargalka va boshqa yordamchi vositalar bilan qo‘lga tushgan 20 dan ziyod abituriyent imtihondan chetlatilganini e’lon qilayotganini eshitish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют