» » O‘zbekiston klublaridan biri “Blekbern” tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma tuzish arafasida turibdi

O‘zbekiston klublaridan biri “Blekbern” tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma tuzish arafasida turibdi


Avstraliyalik futbolchi Rostin Griffits O‘zbekiston Oliy ligasiga ko‘chib o‘tish arafasida turibdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

Bunda xabar Avstraliyaning Daily football show nashriga asoslanib yozilgan. Griffits O‘zbekistonning aynan qaysi klubiga tashrif buyurayotgani borasida aniq ma’lumot berilmagan.

“Pert Glori” klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchi jamoasi bilan kelishuvni bekor qilgan. 29 yoshli futbolchining o‘rniga “Pert Glori” yangi nomzod izlashni ham boshlab yuborgan.

Rostin Griffits 1988-yilning 10-mart kuni Angliyada tavallud topgan. Tayanch yarim himoyada to‘p suradigan futbolchi “Blekbern” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 3 yil davomida shu klub safida o‘ynagan, biroq Premyer-ligada to‘p surish nasib qilmagan. Keyinroq “Akkrington Stenli”, “Adelaida Yunayted”, “Nort Kuinsland Fyuri”, “Sentral Kost Mariners”, “Guanchjou R-F”, “Roda” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Futbolchi Angliyada tug‘ilganiga qaramay, ayni vaqtda Avstraliya fuqarosi hisoblanadi. Demak, OFK va PFLning 3+1 legioner futbolchilar limitida osiyolik sifatida to‘p surishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Toshkentning “Paxtakor” klubi 3 xorijlik futbolchi bilan shartnoma tuzgan. Biroq ular orasida osiyolik futbolchi yo‘q.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют