» » “Qayta jonlangan” “Obod” Ukrainadan 3 nafar legioner olib kelish arafasida turibdi

“Qayta jonlangan” “Obod” Ukrainadan 3 nafar legioner olib kelish arafasida turibdi


Oliy ligada faoliyatini davom ettirishi ma’lum qilingan Toshkentning “Obod” klubi ukrainalik 3 nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi, deb ma’lumot berdi “Maydon.uz” nashri.

Ayni paytda futbolchilarning kim ekani va ular qaysi klubdan yetib kelishi sir tutilmoqda. Aniq tomoni shundaki, legioner futbolchilar faoliyatini “Obod”da davom ettirishga rozilik bildirgan. Gap faqatgina ikki tomon muzokarasi qanday yakun topishida qolgan.

Katta ehtimol bilan ukrainalik legionerlar Toshkentga 2-avgust sanasiga qadar yetib keladi. Oldinroq klub bosh murabbiyi etib ukrainalik Andrey Demchenko tayinlangani va bundan buyon “Obod”ni Ukraina investorlari moliyalashtirishi aytilgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-07-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют