» » TATUning bosh binosida 5000 abituriyentdan faqat ikki nafari “zaychik” bo‘lib chiqdi

TATUning bosh binosida 5000 abituriyentdan faqat ikki nafari “zaychik” bo‘lib chiqdi


Bu yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetida birinchi marta tatbiq etilgan abituriyentlar kirishini biometrik nazorat qilish tizimi 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlarida o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Biometrik identifikatsiya qurilmalari universitetning markaziy binosiga, shuningdek, TATUning test imtihonlari o‘tkazilgan Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji va Yunusobod tumanidagi yetti maktabga o‘rnatilgan edi.

Imtihon auditoriyasiga kirish uchun abituriyent Davlat test markazi (DTM) guvohnomasi va pasportni ko‘rsatishi, shuningdek, barmog‘ini biometrik modulga tekkizishi lozim edi.

Mavzuga doir: Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi test imtihonlari — “Daryo” fotoreportajida

Shundan so‘ng noutbuk ekranida barmoq egasi haqida qabul vaqtida olingan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. “Gazeta.uz”ning qayd etishicha, bu yil TATUga kirish istagini bildirgan barcha 12 214 da’vogar mazkur jarayondan o‘tdi.

Universitetning bevosita markaziy binosida qariyb 5000 abituriyentdan faqat 2 nafari biometrik tizimni aldashga urindi. Ularning har ikkisi huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan. Boshqa abituriyent nomidan TATU imtihonlariga kirishga uringan “zaychiklar”ning yakuniy soni hozirda hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, TATUda 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan maxsus fakultetga kirish bo‘yicha test imtihonlarida 16 nafar “formali zaychiklar” qo‘lga tushgan edi. Ularning bari biometrik nazorat tizimi tomonidan fosh etilgan.

Mavzuga doir: Toshkent axborot texnologiyalari universitetida forma kiygan “zaychiklar” qo‘lga tushdi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют