» » Samarqanddagi Shoirlar bog‘ida xalq baxshilarining haykallari ochildi

Samarqanddagi Shoirlar bog‘ida xalq baxshilarining haykallari ochildi


Samarqand shahridagi Shoirlar bog‘ida xalq baxshilari Islom shoir Nazar o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh va Muhammadqul Jomurod o‘g‘li – Po‘lkan shoirning restavratsiya qilingan haykallari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Shoirlar bog‘i Samarqand yuragi — Registon maydoniga tutash hududda joylashgan. Qayd etishlaricha, baxshilar haykalining avgust oyida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” 11-xalqaro musiqa festivali oldidan o‘rnatilishi o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Tadbirda O‘zbekiston xalq baxshisi Mahmatmurod Rajabov hamda yosh baxshilar Ahror Pardayev va Jahongir Norbekov Islom shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh, Po‘lkan shoir aytgan dostonlardan namunalar ijro etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют