» » GM Uzbekistan Xorazm zavodi birinchi yarim yillikda 13453 avtomobil ishlab chiqardi

GM Uzbekistan Xorazm zavodi birinchi yarim yillikda 13453 avtomobil ishlab chiqardi


GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyati filialida joriy yil birinchi yarmida Damas, Labo, Orlando rusumli 13453 avtomobil ishlab chiqarildi. O‘tgan yili bu ko‘rsatgich 4729 donani tashkil etgan edi, deb xabar beradi O‘zA.

“GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyati filiali mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati tarkibida iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan korxonalardan. Filial yiliga 40 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega”, — deyiladi xabarnomada.

Ayni paytda filialda 1500 kishi ish bilan ta’minlangan. Mutaxassislar Andijon, Toshkent va xorijdagi avtomobil zavodlarida bo‘lib, avtomobilsozlik sirlarini yanada puxta o‘zlashtirmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют