» » Rossiyalik xitchxayker Qirg‘iziston yoki O‘zbekistonga safar qilib, pushtadan tarvuz uzib yeyishni orzu qilmoqda

Rossiyalik xitchxayker Qirg‘iziston yoki O‘zbekistonga safar qilib, pushtadan tarvuz uzib yeyishni orzu qilmoqda


Krasnoyarsklik qo‘shiqchi xitchxayker (yo‘lovchi mashinalarda sayohat qiluvchi kishi) cho‘ntagida bor-yo‘g‘i 300 dollar pul bilan Singapurgacha sayohat qilib keldi, deb yozadi KNews. Endi u Qirg‘iziston yoki O‘zbekistonga safar qilib, tarvuzlarni o‘zi pushtadan uzib yeyish haqida orzu qilmoqda.

Avtobus va mashinalar orqali Vladislav Reushev Mo‘g‘uliston, Xitoy, Laos, Vyetnam, Tailand, Kambodja va Singapurga bordi. U deyarli umuman pul sarflamagan, aksincha, Viktor Soy va “DDT”ning qo‘shiqlarini kuylab, pul ishlagan.

Vlad faqat viza va parvozlar (bir—ikki marta) uchun mablag‘ ketkazdi. Umumiy hisobda yigit 27 ming km masofani bosib o‘tdi va minglab mashinalarda yurdi.

“Endi men xitchxayker sifatida Qirg‘iziston yoki O‘zbekistongacha borib, u yerda pushtadan tarvuz uzib yeyishni rejalashtimoqdaman”, — dedi rossiyalik sayohatchi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют