» » Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodlarning har beshinchisi sudlangan bo‘lib chiqdi

Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodlarning har beshinchisi sudlangan bo‘lib chiqdi


Qirg‘iziston prezidentligiga da’vo qilayotgan 59 nomzodning 11 nafari sudlangan bo‘lib chiqdi. Bu haqda respublika Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.

“11 nomzodga jinoiy javobgarlikka tortilganlari bo‘yicha savollar bor. Hujjatlari ko‘rib chiqilgan nomzodlarning yetti nafari sudlangan. Yana ikki nomzod ikki martadan sudlangan”, — ma’lum qildi u.

Nomzodlar “konstitutsion tuzumni ag‘darishga ommaviy tarzda chaqirish”, “hokimiyatni egallashga va ushlab turishga qasd qilish”, “hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash”, “Bezorilik”, “Korrupsiya”, “Millatlararo irqiy nafrat qo‘zg‘atish”, “Soxta tadbirkorlik” moddalari bo‘yicha sudlangan.

2011-yili prezidentlikka 87 kishining nomzodi ko‘rsatilgan edi. Bu safar nomzodlar soni biroz kamroq, qayd qilib o‘tdi Shayldabekova.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют