» » Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zi imzolagan qonunni nuqsonli deb atadi

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zi imzolagan qonunni nuqsonli deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp muqaddam Rossiga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini nazarda tutadigan qonunni imzolagani xabar qilingan edi. O‘z bayonotida Oq Uy rahbari ushbu qonun ko‘plab nuqson va kamchiliklarga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Eron, Shimoliy Koreya hamda Rossiyaning tajovuzkor va beqarorlashtiruvchi harakatlarini jazolovchi va tutib turuvchi qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatlasam ham, bu qonun juda nuqsonlidir”, — deyiladi Oq Uy tarqatgan bayonotda.

“Qonun loyihasini tezroq qabul qilishga intilarkan, Kongress unga bir qator konstitutsiyaga zid holatlarni kiritdi”, — ta’kidladi Tramp.

U, xususan, AQSh Abxaziya, Janubiy Osetiya, Qrim, Sharqiy Ukraina i Dnestrbo‘yiga noqonuniy tajovuz va okkupatsiyani tan olmasligi haqidagi bandga urg‘u berdi:

“Bu holatlar prezidentni chet el hukumatlarini, shu jumladan, hududiy chegaralarni tan olish borasidagi mutlaq konstitutsion huquqdan mahrum qilishga qaratilgan”.

Bundan tashqari, Tramp davlat rahbarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish borasidagi mutlaq vakolatidan mahrum qilishga bo‘lgan urinishni tanqid qildi.

Tramp qonun realizatsiya Ukraina inqirozini bartaraf etishga to‘sqinlik qilmasligiga umid bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 02:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют