» » GM Uzbekistan o‘z xodimi Abdumurod Haqberdiyevning firibgarligi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

GM Uzbekistan o‘z xodimi Abdumurod Haqberdiyevning firibgarligi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi


GM Uzbekistan Facebook’dagi rasmiy sahifasida Ikkinchi jahon urushi faxriylari nomiga berilgan sertifikatdan foydalanish orqali GM Uzbekistan AJ avtomobillarini sotishda firibgarlik bilan shug‘ullangan “Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ xodimi Abdumurod Haqberdiyevning qo‘lga olinishi haqidagi xabar yuzasidan axborot berdi.

“GM Uzbekistan AJ korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlarini butunlay qoralaydi va bizning korxonamizga aloqador bo‘lgan va avtomobillarni sotish jarayonida noqonuniy tarzda boyishga intiladigan har qanday mansabdor shaxs yoki tashkilotga nisbatan o‘zining murosasiz pozitsiyasi haqida ma’lum qiladi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya qayd etishicha, korrupsiya holatlari oldini olish bo‘yicha qator choralar ko‘rilgan. “Korxonamizning va barcha dilerlik tashkilotlarining har bir xodimi noqonuniy tarzda boyish maqsadlarida korrupsiya va firibgarlikning hech qanday turiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yozma majburiyatni o‘z bo‘yniga olgan”, — deya aniqlik kiritiladi.

Ta’kidlanishicha, Abdumurod Haqberdiyev ham dilerlik tashkilotlarining barcha xodimlari kabi, 2017-yilning yanvarida bunday majburiyatni bo‘yniga olishini yozma ravishda tasdiqlagan. “Shunga qaramay, bu shaxs o‘zining noqonuniy harakatlari oqibatlari qanchalik jiddiy ekanligini va jinoiy harakatlar uchun jazo muqarrarligi tamoyilini oxirigacha anglamagan ko‘rinadi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya “muayyan bir shaxsning xatti-harakatlari juz’iy hol ekanligini, GM Uzbekistan AJ avtomobillarini sotishning butun tizimiga tatbiq etilmasligi kerak”ligini ta’kidladi va ushbu hodisa bo‘yicha to‘liq tekshiruv o‘tkazishda huquq-tartibot va sud organlariga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют