» » Alibaba kompaniyasi avtomobillar bilan savdo qiluvchi ko‘p qavatli avtomatni quradi

Alibaba kompaniyasi avtomobillar bilan savdo qiluvchi ko‘p qavatli avtomatni quradi


Alibaba kompaniyasi Xitoyda avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi ko‘p qavatli savdo avtomatini quradi. Bu haqda Azila nashriga tayanib, Insider Pro xabar berdi.

Mijoz smartfonidagi maxsus dastur yordamida modelni tanlashi va buyurtmani ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Pul to‘langach, avtomobil ko‘p qavatli savdo apparatidan pastga tushiriladi.

To‘lov tizimi Alibaba foydalanuvchisining Sesame Credit tizimidagi reytingiga bog‘liq bo‘lib, u yerda xaridorlar o‘zlarining faolligiga qarab ball bilan taqdirlanadi. 750 balldan ko‘proq to‘plagan foydalanuvchi birinchi 10 foizlik to‘lovni to‘lashi va qolgan mablag‘ni har oyda to‘lab borishi mumkin bo‘ladi.

Apparatning ishga tushishiga javobgar, Tmall kompaniyasining (Alibaba Group tarkibiga kiradi) bosh menejeri Yuy Veyning aytishicha: “Mashinani sotib olish bir banka gazlangan ichimlik suvini sotib olishdek oson bo‘ladi”.

Yuy Vey avtomobil raqamlari bilan bog‘liq masala qanday hal etilishiga aniqlik kiritmadi. Qonunga ko‘ra, Pekinda yiliga 240 mingga yaqin avtomobil raqamlari chiqadi, bu oyiga 20 ming demakdir. Ularni tanlab olish lotereya orqali amalga oshiriladi. Bu avtomobil uchun yangi raqam olish bir necha oyga, hatto yilga cho‘zilishi mumkin degani.

Bu kabi avtomobil sotuvchi avtomat birinchi bor 2015-yilda Caravana onlayn servisi tomonidan AQShda ochilgan. Yana bir shu turdagi apparat joriy yilning may oyida Singapurda ham paydo bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют