WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi etib tayinlandi
Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi etib tayinlandi
Bobur Alixonov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar bermoqda.
“Daryo” manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, 3-avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zMTRKda bo‘lgan. U teleradiokompaniya jamoasiga Bobur Alixonov MTRK raisi sifatida tanishtirgan.
Bobur Alixonov 3-aprel kuni O‘zMTRK raisining axborot uzatish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Qayd etish joiz, Alixonov 1983-yildan beri televideniyeda turli lavozimlarda ishlab keladi.
Avvalroq Xurshid Mirzohidov O‘zMTRK raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?