» » O‘zbekiston jamoasi ArMI-2017 harbiy musobaqasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi

O‘zbekiston jamoasi ArMI-2017 harbiy musobaqasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi


Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tayotgan ArMI-2017 xalqaro armiya o‘yinlarining eng murakkab bosqichida rossiyalik razvedkachilar jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vazirligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Bosqich “Razvedkachi so‘qmog‘i” deb ataladi. Ushbu so‘qmoqdan rossiyalik harbiylar 38 daqiqa 47 sekundda o‘tdi. Xitoy jamoasi 39 daqiqa 32 sekund natija bilan ikkinchi bo‘ldi. O‘zbekistonlik razvedkachilar xitoylik hamkasblaridan bir necha sekundgina ortda qolib, 39 daqiqa 44 sekund natijasini ko‘rsatdi.

Uch bosqich yakunlariga ko‘ra ham tilga olingan uch jamoa shu tartibda kuchli uchlikni egallab turibdi.

“Razvedkachi so‘qmog‘i” o‘z ichiga 22 to‘siqni oladi. Ular orasida yog‘och va tosh devorlar, suv to‘ldirilgan o‘ralar, NATO standart devori bor. Bu bosqich musobaqaning eng murakkab qismi hisoblanadi. Agar musobaqa yakunlariga ko‘ra ikki jamoa bir xil ball to‘plasa, mana shu bosqichda yaxshiroq ko‘rsatkichga ega jamoa g‘olib deb topiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют