» » Linkin Park’ning biryo‘la 23 qo‘shig‘i Billboard chartiga kirdi

Linkin Park’ning biryo‘la 23 qo‘shig‘i Billboard chartiga kirdi


AQShning Linkin Park rok guruhi ijro etgan biryo‘la 23 qo‘shiq Billboard jurnalining Hot Rock Songs haftalik chartiga kiritildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Guruhning eng mashhur kompozitsiyasi — Numb bu hafta oltinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. In the End va Heavy qo‘shiqlari tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Top-10 ga Linkin Park’ning jami yetti qo‘shig‘i kirdi.

Guruh ijodiga qiziqishning keskin ko‘tarilishi uning frontmeni Chester Benningtonning o‘limi bilan bog‘lanmoqda.

Guruh albomlari, shuningdek, Top Rock Albums va Hard Rock Albums reytinglari boshiga keldi.

Ilgarigi rekord Devid Bouiga tegishli edi — 2016-yili xonanda vafot etganidan so‘ng uning 21 qo‘shig‘i chartdan o‘rin olgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют