» » Damashq yaqinida deeskalatsiya hududidagi rossiyalik harbiy politsiyachilar terrorchilar hujumini qaytarishga tayyor

Damashq yaqinida deeskalatsiya hududidagi rossiyalik harbiy politsiyachilar terrorchilar hujumini qaytarishga tayyor


Damashq tashqarisidagi “Sharqiy Guta” deeskalatsiya hududining janubiy qismida navbatchilik qilayotgan Rossiya harbiy politsiyasi harbiy xizmatchilari terrorchilarning ehtimoliy hujumlarini daf qilishga to‘liq tayyor. Bu haqda harbiy politsiya kapitani Aleksey Polatinskiy ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Sharqiy Gutada jangovar harakatlar boshlangan birinchi kundanoq ushbu tuman eng tang ahvolda edi. Buning ustiga hozir old qirg‘oqda, bizning ma’lumotlarimizga ko‘ra, ‘Jibhat an-Nusra’ guruhi jangarilari joylashgan, ularning soni 350 ga yaqin bo‘lib, ular o‘qotar qurollar va minomyot batareyalari bilan qurollangan”, — dedi Polatinskiy.

Ofitserning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar har qanday lahzada nazorat-o‘tkazish punktiga va kuzatuv punktlariga hujum qilishi mumkin, shu tufayli trevoga bo‘yicha shaxsiy tarkibning barcha xatti-harakatlari soniyama-soniya yozib qo‘yilgan, pozitsiyalar oldindan taqsimlangan. “Shaxsiy tarkib 100 foiz tayyor. Sutkasiga ikki marta ehtimoliy hujum, terrorizmga qarshi kurashni mashq qilyapmiz”, — dedi Polatinskiy.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют