» » Rossiya va Tojikiston harbiylari birgalikdagi o‘quv mashqlari chog‘ida “terrorchilar”ni yo‘q qildi

Rossiya va Tojikiston harbiylari birgalikdagi o‘quv mashqlari chog‘ida “terrorchilar”ni yo‘q qildi


Tojikistonning beshta poligonida bo‘lib o‘tayotgan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida Rossiya va Tojikiston harbiy xizmatchilari shartli terrorchilarni yo‘q qildi, deb yozadi “TASS” Markaziy harbiy okrugga tayanib.

“Rossiya va Tojikistonning avtomatik o‘qotar qurol va zirhli mashinalar bilan qurollangan bo‘linmalarining rota taktik guruhlari shartli jinoiy guruhlarning yo‘nalishlarini razvedka qilish va qidirishdagi hamkorlikni mashq qildi. Harbiy xizmatchilar armiya aviatsiyasi yordamida noqonuniy qurolli guruhlarni qurshab olish va yo‘q qilish bo‘yicha birgalikdagi o‘quv operatsiyasini o‘tkazdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 27—30-mart kunlari Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga asosan, birlashgan qo‘shinlar guruhini boshqarish bo‘yicha birgalikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют