» » Tojikistonda Rossiya armiyasi bilan hamkorlikdagi aksilterrorchilik mashg‘ulotlari boshlandi

Tojikistonda Rossiya armiyasi bilan hamkorlikdagi aksilterrorchilik mashg‘ulotlari boshlandi


Rossiyalik harbiy xizmatchilar Tojikiston qurolli kuchlari bilan hamkorlikdagi aksilterrorchilik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmoqda, deb yozadi “TASS”. Manyovrlar 27-mart, dushanba kuni Tojikistonning beshta poligonida boshlandi.

“27—30-mart kunlari Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga asosan, birlashgan qo‘shinlar guruhini boshqarish bo‘yicha birgalikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda. Ikki mamlakat harbiy xizmatchilari shartli noqonuniy qurolli guruhlar bilan kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi operatsiyalarni o‘tkazib, rejalashtirish, boshqarish va qo‘shinlarning hamkorlikda harakat qilishini mashq qilmoqda”, — deyiladi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.

Mashg‘ulotlar Tojikistonning Xatlon viloyatidagi “Harbmaydon”, “Momirak”, “Moskovskiy” poligonlarida, shuningdek, 201-harbiy bazaning “Lyaur” va “Sambuli” poligonlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют