» » Pentagon Xitoyning DJI kompaniyasiga tegishli dronlaridan foydalanishni taqiqladi

Pentagon Xitoyning DJI kompaniyasiga tegishli dronlaridan foydalanishni taqiqladi


AQSh armiyasi o‘z harbiylariga Xitoyning DJI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish qurilamalarida aniqlangan kiberzaiflik sabab ushbu dronlardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

DJI dasturiy ta’minoti va tizimida ishlaydigan barcha uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanadigan armiya qismlariga xabar yuborilgan. Unga ko‘ra, harbiy xizmatchilar dronlardan har qanday maqsadda foydalanishni to‘xtatishi, barcha sozlamalarini o‘chirishi, batareyalarini va ma’lumotlarni to‘plovchi qismini olib tashlashi hamda keyingi topshiriqlar berilguniga qadar qurilmani xavfsiz joyga topshirishi talab qilingan.

Ta’kidlanishicha, DJI dronlari AQSh armiyasi foydalanadigan ushbu turdagi tayyor qurilmalar orasida keng qo‘llaniladi.

DJI kompaniyasi esa AQShning bu kabi qaroridan “hayratda ekanliklarini va hafsalasi pir bo‘lganligini” ma’lum qildi hamda cheklovni “asossiz” deya atadi.

DJI kompaniyasi jahon bozoridagi tijorat uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish qurilmalarining salkam 70 foizini nazorat qiladi. Goldman Sachs tahlilchilari bozorning umumiy hajmi yaqin besh yilda 100 milliar dollardan ortiq bo‘lishini baholamoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...