» » General Motors konserni Jeep mashinalari tizimiga kirgan xakerlarni ishga oldi

General Motors konserni Jeep mashinalari tizimiga kirgan xakerlarni ishga oldi


General Motors konserni 2015-yilning Jeep avtomobili tizimlariga buzib kira olgan xakerlarni ishga qabul qildi. Bu haqda Motor nashri xabar bermoqda.

Charli Miller va Kris Valeysik avtopilotdagi mashinalar xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanadi, deyiladi The Detroit News nashrida.

Miller va Valeysik GM’ning haydovchisiz avtomobillar bilan shug‘ullanadigan shu’ba korxonasi — Cruise Automation’ga taklif qilindi. Bu startapni konsern o‘tgan yili xarid qilgan edi.

2015-yili Wired nashri yordamida Miller va Valeysik Jeep Cherokee avtomobilini uydan turib noutbuklari yordamida buza oldi. Ular FCA alyansining turli modellariga o‘rnatiladigan Uconnect multmedia majmuasining zaif nuqtasini topa oldi.

Keyinchalik FCA softdagi nuqsonlarni bartaraf qilish uchun 1,4 million mashinani qaytarib oldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют