» » Jahon termasida Stoichkov va Papen 1 tadan, Abduraimov 2 ta, Litmanen 3 ta, Krespo 4 ta gol urdi

Jahon termasida Stoichkov va Papen 1 tadan, Abduraimov 2 ta, Litmanen 3 ta, Krespo 4 ta gol urdi


O‘zbekistonlik mashhur futbolchi Azamat Abduraimov Qozog‘istonning Astana shahrida o‘tayotgan EXPO—2017 musobaqasiga taklif etilgani xabar berilgan bo‘lib, unga ko‘ra sobiq futbolchi Jahon termasi safida maydonga tushishi kerak edi.

Abduraimov Facebook sahifasida Jahon termasining g‘alabasi bilan yakuniga yetgan ikki uchrashuvda ishtirok etgani va har ikkisida ham 1 tadan gol urishga erishgani haqida ma’lumot berdi. Uning jamoadoshlari Qozog‘istonning 35 yoshdan katta futbolchilarini 7:4 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, Germaniya ustidan 7:6 hisobida muvaffaqiyat qozongan va guruhni 1-o‘rinda yakunlagan.

EXPO—2017
Astana, Qozog‘iston
“A” guruhi o‘yinlari

Gollar: Bogomolov, 4 (0:1). Ernan Krespo, 5 (1:1). Finonchenko, 8 (1:2). Azamat Abduraimov, 8 (2:2). Yari Litmanen, 16 (3:2). Jan-Pyer Papen, 26 (4:2). Ernan Krespo, 35 (5:2). Xristo Stoichkov, 38 (6:2). Karpovich, 39 (6:3). Klishin, 39 (6:4). Aldair, 40 (7:4).

Gollar: Ernan Krespo, 1 (0:1). Yari Litmanen, 2 (0:2). Tomas Brdarich, 9 (1:2). Marko Reyx, 11 (2:2). Ernan Krespo, 13 (2:3). Yari Litmanen, 16 (2:4). Laut, 19 (3:4). Krischen Ran, 27 (4:4). Laut, 28 (5:4). Muhsin Muhamadiyev, 31 (5:5). Jeremi Njitap, 32 (5:6). Azamat Abduraimov, 38 (5:7). Tomas Brdarich, 38 (6:7).

Musobaqaning “B” guruhida Rossiya terma jamoasi yetakchi bo‘ldi. Mashhur futbolchilari bilan Qozog‘istonga tashrif buyurgan Italiya esa o‘zini ko‘rsata olmadi va ikki yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

EXPO—2017
Astana, Qozog‘iston
“B” guruhi o‘yinlari

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, endi jamoalar egallagan o‘rniga qarab qarama-qarshi guruhdagi jamoaga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadi.

EXPO—2017
Astana, Qozog‘iston

5-o‘rin uchun
Germaniya — Italiya

3-o‘rin uchun
Qozog‘iston — Portugaliya

Final
Jahon termasi — Rossiya

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют