» » Finlyandiyalik ayol xato tufayli Putinning tashrifi haqida maxfiy maktub oldi

Finlyandiyalik ayol xato tufayli Putinning tashrifi haqida maxfiy maktub oldi


Finlyandiyaning Oulu shahrida istiqomat qiluvchi ayolning elektron manziliga xato tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashrifi haqidagi ma’lumotlar aks etgan maktub kelib tushdi. U politsiyaning ichki foydalanishiga mo‘ljallangan edi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Maktubda, xususan, Putinning vertolyoti Savonlinn aeroportiga qachon kelishi aniq ko‘rsatilgan edi. Bu maxfiy axborot hisoblanadi. Bundan tashqari, politsiya yozishmalarida prezident Sauli Niinistyoning harakatlanishi muhokama qilingan edi.

Sharqiy Finlyandiya politsiyasi matbuot xizmati vakili Arto Tyunkkyunen Yle nashriga bergan intervyusida bu ma’lumotlarni tasdiqladi.

“Maktub fuqaroning elektron pochtasiga kelib tushgan. Bu Rossiya prezidenti vertolyoti qo‘ngandan so‘ng to‘qqiz soat o‘tib sodir bo‘lgan. Ya’ni uning xavfsizligiga hech narsa tahdid qilmagan. Bu vaqtda ikkala prezident ham Olavinlinnada operani ko‘rib bo‘lgandi”, — dedi Tyunkkyunen.

Putin muslaqilligining 100 yilligini nishonlayotgan Finlyandiyaga 27-iyul kuni tashrif buyurgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют