» » Adidas 2017-yil hisobidan Rossiyadagi 160 ga yaqin do‘konini yopadi

Adidas 2017-yil hisobidan Rossiyadagi 160 ga yaqin do‘konini yopadi


Germaniyaning sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi 2017-yil hisobidan Rossiyadagi 160 ga yaqin do‘konini yopadi. Bu haqda Adidas ijrochi direktori Kasper Rorshted va moliyaviy direktori Xarm Olmayer 2017-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha investorlar bilan o‘tkazgan telekonferensiya chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

“Rossiya bozori neft narxlariga bog‘liqlikning to‘rt yilidan so‘ng qisqarishda davom etishini kutmoqdamiz”, — dedi Rorshted.

Uning so‘zlariga qaraganda, rahbariyat Rossiya bozoriga nisbatan choralar ko‘rib bormoqda.

“Biz 100 dan ortiq do‘konni yopdik va yil oxirigacha yana 50 tasini yopamiz”, — dedi u.

Olmayerga ko‘ra, bir yil hisobidan 160 tagacha do‘konni yopishga to‘g‘ri keladi, negaki Rossiya Adidas ishlayotgan mintaqalar ichida tushumi kamayotgan yagona hudud bo‘lib turibdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-08-2017, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют