» » Toshkent ko‘chalarida to‘siqlar demontaji davom etadi

Toshkent ko‘chalarida to‘siqlar demontaji davom etadi


Toshkent hokimiyati shahar ko‘chalaridagi ajratuvch to‘siqlarni demontaj qilish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Bu haqda obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Saidumar Aglayev bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Uning so‘zlariga qaraganda, qaror Prezidentning virtual qabulxonasiga qaror bilan bog‘liq kelib tushgan ko‘plab takliflar inobatga olingan holda qabul qilingan.

“Mashina tez ketayotganda to‘siqlar uzluksiz devorday ko‘rinadi. Ular haydovchilarga piyodalar o‘tish joylari va chorrahalarda xalaqit beradi. Aholi — piyodalar va haydovchilarning tilaklarini inobatga olgan holda biz bu ishlarni boshladik”, — dedi Saidumar Aglayev.

U to‘siqlarning aniq uzunligi hamda ularni o‘rnatishga ketgan mablag‘ haqida aniq ma’lumot bera olmadii, ammo demontaj boshqarmaning o‘z mablag‘i hisobiga amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Demontaj qachongacha davom etishi hali aniq emas. Ayni paytda yo‘l ajratuvchilar Mustaqillik shohko‘chasi hamda Navoiy ko‘chasidan olib tashlandi.

Olib tashlangan to‘siqlar tuman hokimiyatlariga topshiriladi, ulardan esa tegishli tashkilotlarga yetkaziladi. Ularni kanallar bo‘yida ajratuvchi sifatida foydalanish mumkinligi aytilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют