» » Makronning rafiqasi birinchi xonim maqomi uchun maosh olmaydi

Makronning rafiqasi birinchi xonim maqomi uchun maosh olmaydi


Fransiya hukumati mamlakat prezidenti Emmanyuel Makronning rafiqasi Brijit birinchi xonim maqomi uchun maosh olmasligini bildirdi. Bu haqda hukumat matbuot kotibi Kristof Kastaner bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.

Kastaner “Change.org” saytida ochilgan petitsiyaga shu tariqa javob berdi. Petitsiya mualliflari Fransiya prezidentining rafiqasi birinchi xonim rasmiy maqomini bermaslik hamda unga maosh tayinlamaslikni talab qilib chiqqan edi.

Uning so‘zlariga qaraganda, konstitutsiyaga hech qanday o‘zgartirish kiritilishi rejalashtirilmayapti, shuningdek, mamlakatning birinchi xonimi mansabi uchun qo‘shimcha budjet ajratilmaydi. Birinchi xonim maqomi Fransiya qonunchiligida mustahkamlab qo‘yilmagan bo‘lib, ko‘rilayotgan choralar shunchaki prezident rafiqasining majburiyatlarini belgilab qo‘yish hamda Fransiya hokimiyatining shaffofligini ta’minlashga qaratilgandir.

“Gap uning ishi haqida emas, maqomi haqida ketmoqda. Ish rag‘batlantiriladi. Respublika prezidentining rafiqasi bunday moddiy rag‘bat olmaydi, u har doim prezident bilan yursa ham bu o‘zgarmaydi”, — dedi Kastaner.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют