» » Xakerlar HBO kanalining o‘g‘irlangan ssenariylari uchun tovon puli talab qildi

Xakerlar HBO kanalining o‘g‘irlangan ssenariylari uchun tovon puli talab qildi


Xakerlar guruhi AQShning HBO kabel kanaliga o‘g‘irlangan hujjatlarni oshkor etish bilan tahdid qilib, tovon puli so‘radi. Oshkor etilishi aytilayotgan hujjatlar orasida hali efirga uzatilmagan dasturlarning ssenariylari bor, deb xabar beradi Meduza.

Video shaklida tayyorlangan talabnoma yarim gigabayt hajmli arxiv bilan birga internetga joylashtirildi. Xakerlarning ta’kidlashicha, o‘g‘irlangan hujjatlarning umumiy hajmi bir yarim terabaytga teng. Internetga joylashtirilgan arxiv ichida “Taxtlar o‘yini” seriali yettinchi mavsumining dastlabki besh qismi ssenariysi, shuningdek, HBO’ning kinodasturlash bo‘yicha vitse-prezidenti Lesli Koenning yozishmalari, shuningdek, bir qancha boshqa shoularning ssenariylari hamda xizmat hujjatlari mavjud.

Hujjatlardan birida “Taxtlar o‘yini” yulduzlarining shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan, aktyorlar Piter Dinkleyj, Lina Xidi va Emiliya Klarkning telefon raqamlari bor.

HBO bosh direktori Richard Pleplerga yo‘llangan videomurojaatda “mister Smit” sifatida imzo qoldirgan xakerlar olti oylik mehnatlari uchun maosh talab qilgan — telekanal kompyuterlarini buzishga aynan shuncha vaqt ketgan. AP’ga ko‘ra, ular bitkoinlarda 6 million dollar to‘lashni talab qilmoqda.

HBO vakillariga javob uchun uch kun vaqt berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют