» » Financial Times: xakerlar AQSh maxsus xizmatlaridan o‘g‘irlangan ikkinchi virusni internetga yukladi

Financial Times: xakerlar AQSh maxsus xizmatlaridan o‘g‘irlangan ikkinchi virusni internetga yukladi


Xakerlar AQSh maxsus xizmatlaridan o‘g‘irlangan ikkinchi virusni internetga yukladi. Bu haqda, The Financial Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Ikkinchi virus ham Windows operatsion tizimida ishlovchi kompyuterlarga kriminal hujumlar uyushtirish uchun qo‘llanadi, deb ta’kidlanadi materialda.

“AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan xakerlik operatsiyalari uchun ishlab chiqilgan va EsteemAudit deb atalgan vosita qayta ishlangan bo‘lib, endi kriminal maqsadlarda ishlatilishi mumkin”, — ma’lum qildi soha ekspertlaridan biri.

Aytilishicha, 12-may kuni dunyoning 150 mamlakatidagi yuz minglab kompyuterlarga hujum uyushtirgan WannaCry virusi o‘z samaradorligini namoyish qilganidan so‘ng ikkinchi virus ham internetning qora segmentiga joylashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют