» » Global kiberhujumni tashkillashtirgan xakerlar 42 ming dollardan ziyod mablag‘ni qo‘lga kiritdi

Global kiberhujumni tashkillashtirgan xakerlar 42 ming dollardan ziyod mablag‘ni qo‘lga kiritdi


12-may kuni boshlanib, butun dunyo kompyuterlarini shikastlagan global kiberhujum ortida turgan yovuz niyatlilar virus bilan zararlangan kompyuterlar foydalanuvchilaridan Bitcoin valyutasida 42 ming dollardan ziyod mablag‘ni qo‘lga kiritgan, deb yozadi “TASS”. Ammo, The Times xabariga ko‘ra, tovlamachilar haligacha qurbonlar garov pulini yuborgan hisobvaraqlardan mablag‘larni yechib olmagan.

Ayni paytda pul to‘lash bilan bog‘liq 110 ta holat qayd etilgan, ularning jami summasi 23,5 bitkoin (42 ming dollardan ziyod)ni tashkil etdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda huquq-tartibot organlari tovlamachilar garov pulini ko‘chirib o‘tkazishni talab qilgan uchta virtual hisobvaraqlar ustidan nazorat o‘rnatgan. Yovuz niyatlilar olingan mablag‘lar ustida operatsiyalar kuzatilishi mumkinligidan xabardorga o‘xshaydi, shu tufayli ular haligacha pullarni yechib olishga urinmadi.

Ma’lumot o‘rnida, axborotni shifrlab, u uchun pul so‘raydigan WanaCryptor 2.0 virusi 12-maydan boshlab tez tarqala boshladi. O‘sha kungi ma’lumotlarda virus 74 mamlakatda o‘n minglab kompyuterlarga hujum qilgani aytilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют