» » Baffet eng topag‘on xodimga yiliga 1 mln dollar va’da qildi

Baffet eng topag‘on xodimga yiliga 1 mln dollar va’da qildi


Amerikalik milliarder Uorren Baffet o‘zining Berkshire Hathaway kompaniyasi xodimlariga garov o‘ynashni taklif qildi: talabalar o‘rtasida basketbol bo‘yicha o‘tkaziladigan March Madness musobaqasining final bosqichiga chiqadigan 16 ta jamoaning barchasini topgan kishiga u butun umr har yili bir million dollardan berib turadi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Milliarder bunday tanlovni birinchi marta 2014-yilda o‘tkazgan, o‘shanda u garov g‘olibiga 1 milliard dollar va’da qilgandi. Ammo hech kim to‘g‘ri javobni topa olmagan.

O‘tgan yili garovda 85 ming xodim qatnashib, birortasi ham to‘g‘ri topa olmadi. Baffet ideal natijaga eng yaqin kelgan ikki xodimga 50 ming dollardan to‘ladi. 2017-yilda esa da’vogarlar soni 100 mingdan oshishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют