» » “Anhor-Lokomativ” istirohat bog‘i o‘zining bir yoshini nishonladi

“Anhor-Lokomativ” istirohat bog‘i o‘zining bir yoshini nishonladi


8-avgust kuni Toshkentdagi “Anhor-Lokomativ” istirohat bog‘i o‘zining bir yoshini nishonladi. Shu munosabat bilan poytaxt aholisi hamda mehmonlar uchun katta bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Bog‘ga kirishda karnar-surnaylar sadosi ostida kichik mehnonlarni ertak qahramonlari, raqqoslar, sirkchilar kutib oldi va ularga havo sharlari hamda shirinliklar tarqatildi.

Ko‘ngilochar dasturni bolalar o‘rtasidagi asfaltga surat chizish musobaqasi ochib berdi. Eng yaxshi rasm chizgan bolakaylar qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlandi. Boshqa ishtirokchilar ham e’tibordan chetda qolmadi, ularga ham rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshirildi.

“Anhor-Lokomativ” istirohat bog‘i bir yil oldin — 2016-yil 8-avgustda o‘z ishini boshlagan edi. Hozirda bog‘da bolalar va kattalar uchun umumiy miqdorda 40 ga yaqin ko‘ngilochar attraksion faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yaqin vaqtlar ichida yana 5 ta attraksion o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Bog‘ qurilganidan beri bu yerda ancha narsa o‘zgardi. Ikki gektardan ortiqroq maydonga 3600 dan ortiq bargli va dekorativ daraxtlar, 2000 dan ortiq manzarali butalar, ko‘p yillik gullarning 4600 xili ekildi. Bog‘ning yashil maydonlari borgan sari kengayishni davom etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют