» » Mehnat unumdorligini oshirishga yordam beruvchi 2 ta savol

Mehnat unumdorligini oshirishga yordam beruvchi 2 ta savol


Bu savollarning javobi sizga ish kuningizni yuqori darajada mahsuldor qilib tuzishga yordam beradi.

Ba’zan ish kuni qanday o‘tib ketganini o‘zingiz ham sezmay qolasiz. Ba’zan esa siz ishdan asabiy va charchagan holatda bo‘shashib chiqasiz. Bu muammoni hal qilish uchun o‘z ish kuningizni to‘g‘ri tashkil qilishingiz kerak. Buning uchun yuz berayotgan vaziyatlarni va o‘z hissiyotlaringizni tahlil qilib ko‘ring.

Ba’zilar o‘z ish kunini birorta ham ishni oxirigacha yetkaza olmasdan bekor o‘tkazadi. Shuning uchun muhimligiga qarab bajariladigan ishlarni joylashtirishni bilish kerak.

Sizning bajariladigan ishlar ro‘yxatingizdagi eng muhimi qaysi ekanligini aniqlab oling.

Agar elektron pochtaga kelgan xatlarga javob yozish kerak bo‘lsa, buni darhol bajaring. Agar kechgacha qandaydir bir topshiriqni bajarish kerak bo‘lsa uni keyinga surib o‘tirmang. Kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar bilan hozirning o‘zida shug‘ullaning. Aks holda keyin siz boshingizga yog‘ilib keladigan ko‘plab muammolarni hal qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Bu savol esa hozirning o‘zida nima qilishni xohlayotganingizni emas, balki kengroq ma’noni ko‘zda tutadi. Qaysi ishni qilishni xohlayotganingizni aniqlab oling.

Agar siz qaysidir ishning uddasidan yaxshiroq chiqsangiz, diqqatingizni shunga o‘xshash vazifalarni bajarishga qarating.

Shundagina ishingiz yengilroq kechadi, u sizga mamnuniyat bag‘ishlaydi, siz esa o‘zingizdan g‘ururlana olasiz. Ishdagi ijobiy natijalar sizni yangi muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-08-2017, 15:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют