» » Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, ushbu nufuzli xalqaro sport tashkiloti rahbariga O‘zbekistonda taekvondoni, avvalo, yoshlar o‘rtasida ommalashtirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va amaliy sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda ushbu jangovar san’at turi bilan 20 mingdan ortiq o‘zbekistonlik shug‘ullanmoqda. 1993-yil Taekvondo milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida faoliyat ko‘rsatayotgan taekvondo kafedrasida malakali murabbiylar tayyorlanmoqda.

So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik sportchilar yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahon va qit’a chempionatlarida g‘alaba qozonmoqda, Olimpiya o‘yinlarida yuqori o‘rinlarni egallamoqda.

Joriy yilning 11-13-avgust kunlari Toshkent shahrida mazkur xalqaro tashkilot tashabbusi bilan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi uchun birinchi Osiyo mintaqasi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Taekvondoni ommalashtirish, O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi e’tirofi sifatida Cho Chung Von Toshkent shahrining faxriy fuqarosi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining faxriy fan doktori unvoniga sazovor bo‘ldi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimizda yirik xalqaro turnirlarni muntazam o‘tkazish, Butunjahon federatsiyasining davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilayotgan taekvondo fakulteti faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, o‘zbekistonlik yoshlarni sportga keng jalb qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari muhokama etildi.

Cho Chung Von Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va O‘zbekistonda taekvondo va boshqa sport turlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin dildan minnatdorlik izhor etdi. Butunjahon taekvondo federatsiyasi O‘zbekiston bilan yangi qo‘shma loyihalar va keng ko‘lamli hamkorlik dasturlarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют