» » Uber haydovchisi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yo‘lovchini qutqarib qoldi

Uber haydovchisi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yo‘lovchini qutqarib qoldi


AQShning Florida shtatida Uber haydovchisi Chad Farli o‘z joniga qasd qilib, Sunshine Skyway ko‘prigidan sakramoqchi bo‘lgan yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi, deb yozadi Forum Daily.

Farli 28 yoshli yo‘lovchini uyidan olib ketgan va u boradigan manzilning g‘alati ekanligiga e’tibor bergan: yo‘lovchi Sunshine Skyway ko‘prigi o‘rtasida tushib qolishi kerak edi. Farli erkakning aqli joyida emasligini taxmin qildi va 911 xodimlarini chaqirishga muvaffaq bo‘ldi, ular esa yo‘lovchiga o‘z vaqtida yordam bera oldi.

Safar chog‘ida yo‘lovchi Farliga unda miya saratoni borligi, hozir ko‘prikka borib, so‘ng tez yordam chaqirishi, ular esa erkakni Tampa shahriga olib ketib, davolash muolajalarini davom ettirishini aytdi. Ammo Farli uning bu gaplaridan shubhalandi va 911 xizmatiga murojaat qildi.

Farli yo‘lovchini suv bo‘yidagi o‘rindiqqa olib bordi. Yetib kelgan politsiyachilar u bilan gaplashishga urindi, ammo u o‘zini suvga otdi. Politsiyachilar erkakni qutqarib oldi va kasalxonaga yubordi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют