» » BMT: Yamanda salkam yarim million odam vabo bilan kasallangan

BMT: Yamanda salkam yarim million odam vabo bilan kasallangan


Yamandagi vabo epidemiyasi mamlakatning qariyb barcha viloyatlarini qamrab oldi, 480 mingdan ortiq odam kasallik bilan zararlangan.

Bu haqda, BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bergan bayonotga asoslanib, “TASS” agentligi xabar bermoqda.

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yamanning 22 ta viloyatidan 21 tasida vabo tarqalgan.

“Vabo bilan kasallanganlik gumoni ostida 480 mingdan ziyod kishi ro‘yxatga olingan, vabodan o‘lish bilan bog‘liq qariyb 2 mingta holat qayd etilgan”, — deydi Dyujarrik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha hafta ichida vaboning tarqalish sur’ati pasaygan, biroq Yamanda yomg‘irlar mavsumi boshlanishi bilan kasallikning tarqalishi yana faollashishi mumkin.

Dyujarrikning qayd etishicha, Yaman sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlar salkam bir yildan beri maosh olmay ishlayapti, mamlakat aholisining 8,8 millionga yaqin qismi esa kasalxonalar va tibbiyot punktlari yetishmaydigan joylarda istiqomat qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-08-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют