» » Sobiq madaniyat vaziri Mahmudjon Murodov va uning birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov vazirlikdan kuzatib qo‘yildi

Sobiq madaniyat vaziri Mahmudjon Murodov va uning birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov vazirlikdan kuzatib qo‘yildi


Madaniyat vazirligida sobiq madaniyat vaziri Mahmudjon Murodov va uning birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatovni kuzatish tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasiga tayanib, Uz24 xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, kuzatuv tadbirida yangi tayinlangan madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va uning birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov markaziy apparat xodimlari bilan birgalikda ishtirok etgan.

Sobiq vazir va uning birinchi o‘rinbosari boshqa lavozimga o‘tgan. Qaysi lavozimga o‘tgani haqida hozircha rasmiy xabar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 9-avgustdagi farmoniga muvofiq, San’at va madaniyat instituti rektori Baxtiyor Sayfullayev madaniyat vaziri, shu bilan bir vaqtda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib esa O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tayinlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют