WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Jan-Klod Van Damm UZMOBILE’ning “oltin” raqamini aksiya g‘olibiga topshiradi
Jan-Klod Van Damm UZMOBILE’ning “oltin” raqamini aksiya g‘olibiga topshiradi
Toshkent shahrida 2017-yilning 9-sentabr kuni Asian Fight—2017 Xalqaro sport turniri bo‘lib o‘tadi. Turnirning bosh hamkori UZMOBILE aloqa operatori shu kuni turli aksiyalar o‘tkazadi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar berdi.
Rossiyalik va niderlandiyalik promouterlar ko‘magida “Bunyodkor” stadionida oltita jang bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar boshqa mamlakatlardan kelgan sportchilarga qarshi ringga chiqadi. Turnirning faxriy mehmonlari — Jan-Klod Van Damm, Jeff Monson va Fedor Yemelyanenko.
Turnir doirasida ishtirokchilar UZMOBILE’ning “oltin” raqamini yutib olish imkoniga ega bo‘ladi. Yutuqni aksiya g‘olibiga Jan-Klod Van Damm topshiradi.
“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?