» » UzReport TV va Futbol TV 11-avgustdan APL uchrashuvlari namoyishiga kirishadi. Oldinda — YeChL, La Liga va Yevropa Ligasi

UzReport TV va Futbol TV 11-avgustdan APL uchrashuvlari namoyishiga kirishadi. Oldinda — YeChL, La Liga va Yevropa Ligasi


UzReport TV va Futbol TV Yevropadagi yangi futbol mavsumida ham Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premyer-ligasi va Ispaniya La Ligasi uchrashuvlarini namoyish etadi. Bu haqda UzReport xabar berdi.

Xabar berishlaricha, telekanallar 11-avgustdan Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlarini namoyish etishga kirishadi. 15 va 16-avgust kunlari esa Yevropa Chempionlar ligasi so‘nggi saralash raundi pley-off uchrashuvlarini namoyish etadi.

18-avgustdan e’tiboran esa Ispaniya La Ligasi uchrashuvlari translyatsiyasi boshlanadi. Telekanal “Real Madrid” va “Barselona” ishtirokidagi ikkita El-Klasikoni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etishni rejalashtirgan.

24-avgust kuni Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga, 25-avgustda esa Yevropa Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. UzReport TV va Futbol TV har ikkala marosimni jonli efirda ko‘rsatadi. 12-sentabrdan YeChL, 14-sentabrdan esa Yevropa Ligasi guruh bosqichi uchrashuvlari namoyishiga kirishiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют