» » Afg‘onistonda yuz bergan otishmada 16 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda yuz bergan otishmada 16 nafar tinch aholi halok bo‘ldi


Afg‘onistondagi Faryob viloyatining Davlatobod tumanida yuz bergan minomyot otishmasida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, ularning 10 nafari bolalar. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Xabar berilishicha, xavfsizlik kuchlari tuman hududida nazorat-o‘tkazish punktini o‘rnatgan, biroq “Tolibon” jangarilari ularga xalaqit berishga uringan.

Natijada qurolli to‘qnashuv boshlangan. Biroq odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan snaryadni kim otgani noma’lum.

Mahalliy rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar tinch aholi vakillari bo‘lgan. Shuningdek, otishma oqibatida uch nafar yosh bola va bitta ayol jarohat olgan, ular kasalxonaga joylashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют