» » NYT: Facebook Xitoyda maxfiy ravishda o‘z dasturini ishga tushirdi

NYT: Facebook Xitoyda maxfiy ravishda o‘z dasturini ishga tushirdi


Facebook kompaniyasi Xitoyda fotosuratlar almashishga mo‘ljallangan dasturini maxfiy ravishda ishga tushirdi. Bu haqda The New York Times kompaniyadagi manbasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook funksiyasi bo‘yicha Moments dasturini yodga soluvchi Colorful Balloons dasturini mahalliy Youge Internet Technology kompaniyasi orqali chiqargan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Xitoy hukumati AQSh texnologiyasi giganti ushbu dasturni mamlakat foydalanuvchilari orasida tarqatayotganidan xabardormi yo‘qmi noma’lum.

Gazetaning aniqlashicha, kompaniya rahbari Chjan Szinmey ismli qiz bo‘lib, uning Facebook asoschisi Mark Sukerberg va xitoylik amaldorlar bilan birga tushgan surati mavjud.

Facebook o‘zining kompaniyaga, shuningdek, dasturga bog‘liq savollarga izoh berishdan bosh tortdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют