» » Tramp “faqat rost xabar tarqatadigan” yangiliklar dasturini ishga tushirdi

Tramp “faqat rost xabar tarqatadigan” yangiliklar dasturini ishga tushirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Facebook’dagi sahifasida yangiliklar dasturini ishga tushirdi. Uning ta’kidlashicha, dasturda faqat rost xabarlar tarqatiladi, yolg‘on xabarlarga o‘rin berilmaydi, deb ma’lum qildi “TASS”.

Dasturni prezidentning kelini Lara Tramp olib boradi. Dastur har hafta efirga uzatiladi.

Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp raqibasi Hillari Klintonga yon bosgan ko‘plab axborot vositalarini noxolislikda ayblagan edi. Uning jurnalistlar bilan kelishmovchiligi prezident sifatida saylanganidan keyin ham davom etdi. Jumladan, u aprel oyining oxirida Oq Uyda Muxbirlar uyushmasi yillik tushligiga tashrif buyurmadi va bu bilan AQSh prezidentlari 100 yildan beri amal qilib kelgan an’anani buzdi.

Trampning yangi dasturi u tanqid qilgan gazeta va telekanallarga muqobil axborot tarqatish vositasi bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют