» » Xitoyning yirik ijtimoiy tarmoqlari tergov doirasida hukumat bilan hamkorlik qilishga qaror qildi

Xitoyning yirik ijtimoiy tarmoqlari tergov doirasida hukumat bilan hamkorlik qilishga qaror qildi


Xitoyning uchta yirik ijtimoiy tarmog‘i — WeChat messenjeri, Twitter’ning xitoycha analogi — Weibo va Tieba forumi kiberxavfsizlik haqidagi qonunning buzilishi bo‘yicha tergov doirasida hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda CGTN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘z ijtimoiy tarmog‘iga ega uchta kompaniya “tergov doirasida to‘liq hamkorlik qilishni”, shu jumladan, bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishni ko‘zlamoqda.

Teiba forumiga egalik qiluvchi Baidu kompaniyasi birinchi bo‘lib bu haqda ma’lum qilgan. Kompaniya noqonuniy va zarar yetkazuvchi ma’lumotlar tarqalishining oldini olish uchun kontentning tekshiruvini kuchaytirishga va’da bergan.

WeChat’ning egasi hisoblangan Tencent Holdings Group va Weibo Corp ham bayonot bilan chiqqan. Ikkala bayonotda ham Xitoyning kiberbo‘shliq masalalari bo‘yicha boshqarmasi bilan mustahkam hamkorlik qilishga tayyorlik bildirilgan.

Xitoy maxsus xizmatlari 11-avgustda kiberxavfsizlik haqidagi qonunning buzilishi yuzasidan uchta yirik ijtimoiy tarmoqqa nisbatan tergov boshlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют